SUNA axborot agentligi ma'lumotlariga qaraganda, yakşanba kuni mamlakat poytaxti Xartum şahridan 240 kilometr uzoqlikda baxtsiz hodisa sodir bölgan. Noma'lum sabablarga köra odamlarni olib ketayotgan ikki yuk avtomobili töqnaşib ketişi oqibatida 19 kişi hayotdan köz yumib, 12 yölovçi jarohat oldi.
Mahalliy şifoxona vakili Ahmad Abdinning xabar berişiça, hodisa natijasida 13 erkak, ikki gödak va 4 ayol vafot etgan.
Ta'kidlaş joizki, bu kabi yirik yöl transport hodisalari Sudandan tez tez sodir bölib turadi. Ularga asosan haydovçilarning yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzişlari, yöllarning yomon ahvolda ekani va transport vositalarining nosozligi sabab böladi.
SUNA agentligining aniqlik kiritişiça, ötgan 2014 yilning özida mamlakatda 2 ming nafardan ziyod kişi yöl transport hodisalari qurboni bölgan, yana 5 mingdan ziyod kişi jarohatlangan.






