Milliarder Uorren Baffettga tegişli “Berkshire Hathaway” investitsion xoldingi aerokosmika va harbiy sanoat uçun metall konstruksiyalarini işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi “Precision Castparts” korporatsiyasini 32 mlrd dollar sotib oliş böyiça kelişuvga erişdi. “The Wall Street Journal” naşrining qayd etişiça, mazkur kelişuv kompaniya tarixidagi eng yirigi hisoblanadi.

“Berkshire Hathaway” “Precision Castparts”ning 193,88 dollar turuvçi aksiyalarini 21 foiz mukofot puli bilan 235 dollar qiymatda sotib oldi. Korporatsiya uluşi bilan qöşib hisoblanganda, kelişuv qiymati 37,2 mlrd dollarni taşkil etadi.

“Precision Castparts” mustahkam mahkamlovçi konstruksiyalar va aviaquriliş uçun turbina parraklari, şuningdek, elektr stansiyalari va neft-gaz sohasi uçun boşqa uskunalarni işlab çiqaradi. Kompaniya boş idorasi AQŞning Oregon ştati Portled şahrida joylaşgan.

Şu vaqtga qadar “Berkshire Hathaway” “Precision Castparts”ning 3 foiziga egalik qilar edi. Kelişuv 2016 yilning birinçi çoragida nihoyasiga yetganidan söng korporatsiya öz nomini saqlab qolişi xabar qilindi.

Ayni paytda “Berkshire Hathaway”ning bozor kapitalizatsiyasi 363 mlrd dollarni taşkil etib, uşbu körsatkiçi bilan xolding dunyoda 4 örinni egallaydi. Kompaniya suğurta biznesi, temir yöl transporti, kommunal taşkilotlari, sanoat işlab çiqarişi, uy qurilişi, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqiş va avtomobil savdosi kabi sohalarga investitsiyalar kiritiş bilan şuğullanadi.