Yevropa rekonstruksiya va taraqqiyot banki (YeRTB) keyingi 4 yil içida özining Tojikistondagi faoliyatini belgilovçi Tojikiston böyiça yangi strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda YeRTBning Duşanbedagi vakolatxonasi ma'lum qildi.
Bankning bu davlatdagi asosiy ustuvor yönalişlari quyidagilardan iborat: xususiy tadbirkorlik, ayniqsa kiçik va örta korxonalarni kengaytiriş bilan iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş va biznes muhitni yaxşilaşga kömak beriş; kommunal xizmatlar sifatini, ularning operatsion va moliyaviy samaradorligini oşiriş; mintaqaviy aloqalarni mustahkamlaş va iqtisodiy integratsiya.
YeRTB özining Tojikistonga investitsiyalari hajmini 2014 yilda rekord darajadagi 75 mln dollarga yetkazgan edi. 2015 yilda bank Tojikistondagi mintaqaviy ahamiyatga ega katta miqyosdagi loyihalar, jumladan mamlakatning elektr uzatiş tizimlarini modernizatsiyalaş uçun 200 mln dollar investitsiya kiritişni rejalaştirmoqda.
YeRTB 1992 yildan beri Tojikistonda yuritib kelayotgan faoliyati davomida uşbu mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlariga 460 mln dollardan köproq sarmoya kiritgan.






