10 avgust oqşomida Rossiya premer ligasining yana 2 uçraşuvi ötkazildi va 4 tur öyinlari yakunlandi.

Keça dastlab Qozonning "Rubin" jamoasi öz maydonida "Rostov" bilan kuç sinaşdi va ketma-ket törtinçi öyinda ham mağlubiyatga uçradi. Ayni vaqtda Rinat Bilyaletdinov boşqaruvidagi "Rubin" va "Anji" bilan birgalikda turnir jadvalining eng quyi örnida qolmoqda.

Rubin – Rostov 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4 Buxarov, 0:2 – 39 Kanga, 0:3 – 73 Buxarov.
Rubin – Rijikov, Kambolov, Kverkveliya, Lemos, Kotuno, Georgiyev, Karadeniz, Ozdoyev, Bilyaletdinov, Kanunnikov (Dyadyun, 78), Şeydayev (Portnyagin, 46).
Rostov – Janayev, Margasov, Baştuş, Navas, Novoseltsev, Gatskan, Mogilevets, Kalaçev (Terentev, 75), Kanga, Dumbiya (Poloz, 79), Buxarov (Yu Ben Su, 75).
Ogohlantirişlar: Buxarov (35), Kambolov (59), Ozdoyev (82), Georgiyev (90).

"Krasnodar" esa öz maydonida "Krasnodar derbisi"da "Kuban"ga qarşi öyin ötkazdi va durang bilan kifoyalandi. Jamoa 4 turdan keyin 5 oçko jamğargan holda 8 örinda ketmoqda.

Krasnodar – Kuban 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 50 Melgarexo, 1:1 – 90 Smolov.
Krasnodar – Dikan, Kaleşin, Sigurdsson, Grankvist, Petrov, Odil Ahmedov (Pereyra, 57), Gazinskiy, Mamayev, Vanderson (Bystrov, 77), Ari (Laborde, 57), Smolov.
Kuban – Belenov, Şandao, Şuniç, Armaş, Bugayev, Kulik (Balde, 89), Rabiu, Tlisov, Ignatev (Xubulov, 90), Melgarexo, Tkaçev (Arşavin, 82).
Ogohlantirişlar: Tlisov (71), Pereyra (72), Şuniç (85), Armaş (87).

Ayni vaqtda 4 turda "Ufa"ni mağlub etib, navbatdagi 3 oçkoni qölga kiritgan "Zenit" va "Amkar"ni mağlub etib, ğalabali seriyasini davom ettirgan TsSKA jamoalari 12tadan oçko jamğargan holda 1 va 2 örinlarni bölişib turişibdi.

3 va 4 örinlarda esa Moskvaning yana 2 jamoasi "Lokomotiv" hamda "Spartak" joylaşgan. Ularning hisobida 10tadan oçko bor, töplar nisbati evaziga "Lokomotiv" uçinçi örinda turibdi. Bu jamoa 4 turni "Ural"ga qarşi safarda ötkazib, 3:1 hisobidagi ğalaba bilan qaytgan. "Spartak" ham 4 turda safarda öynadi va Promesning gollari evaziga "Krilya Sovetov"ni 2:0 hisobida taslim etdi.

Jadvalning beşinçi örniga "Rubin"ni mağlub etgan "Rostov" (8 oçko) kötarilib olgan. Bu jamoani "Amkar" va "Dinamo" ta'qib etmoqda. Moskvaning "Dinamo" jamoasi 4 turni "Anji"ga qarşi safarda ötkazdi va Valbuenaning jonbozligi evaziga öta qiyin uçraşuvda 3:2 hisobida ğalaba qozondi. Jamoada ayni vaqtda 5 oçko töplagan. Lekin bu jamoani yaqin orada Valbuena tark etib, "Lion"ga ötişi kutilmoqda.

TsSKA – Amkar 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 2, penalti Natxo, 2:0 – 41 Toşiç.

Ufa – Zenit 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 86 Danni.

Krilya Sovetov – Spartak 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 5 Promes, 0:2 – 52 Promes.

Ural – Lokomotiv 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 28 Samedov, 0:2 – 40 Nyasse, 1:2 – 73 Yeroxin, 1:3 – 90 Maykon.

Anji – Dinamo 2:3 (2:2, 0:1)
Gollar: 1:0 – 5 Maksimov, 1:1 – 19 Kozlov, 2:1 – 35, penalti Boli, 2:2 – 45 Guboçan, 2:3 – 79, penalti Valbuena.

Terek – Mordoviya 0:0 (0:0, 0:0)