Joriy yilning dastlabki 6 oyida Qozoğiston bilan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi orasidagi savdo aylanmasi 8 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri Karim Masimov ma'lum qildi.
“2015 yilning yanvar-iyun oylarida Qozoğiston bilan YeOII davlatlari bilan özaro savdo hajmi 7805,9 mln dollarni, jumladan, eksport 2351,1 mln dollarni, import 5454,8 mln dollarni taşkil qildi”, deyilmoqda xabarda.
Qozoğiston eksportida mineral mahsulotlar, kimyo sanoati mahsulotlari, metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, hayvon va ösimliklardan tayyorlangan ozuqa, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ustunlik qiladi.
YeOII davlatlaridan Qozoğistonga maşina va uskunalar, mineral mahsulotlar, metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, hayvon va ösimliklardan tayyorlangan ozuqa, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari import qilinadi.






