2015 yilning ikkinçi çoragida Özbekistonda beğaraz texnik kömak dasturlari doirasida 45.8 mln dollarlik 31 grant olindi.
Özbekiston moliya vazirligining ma'lum qilişiça, soğliqni saqlaş sohasiga yönaltirilgan 8 grantning umumiy qiymati 18.6 mln dollarni taşkil qiladi.
Fan va ta'lim sohasiga 15 mln dollarlik 3ta grant jalb qilingan.
Şuningdek, iqtisodiyot va moliya bozorini rivojlantirişga 7.3 mln dollarlik 7ta grant, ekologiya sohasiga 2.2 mln dollarlik 3ta grant, qişloq va suv xöjaligiga 300 ming dollarlik 2ta grant yönaltirildi.
Ijtimoiy himoya va madaniyatni rivojlantirişga qaratilgan grantlar qiymati 1.9 mln dollarni taşkil qildi. Boşqa yönalişlarga jalb qilingan 3ta grantning umumiy qiymati 500 ming dollarga yetdi.