Investorlar AQŞdagi aktivlarini Yevropa va Yaponiya foydasiga olib çiqib ketişmoqda, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Telekanalning ma'lumotlariga köra, AQŞdan kapitalning çiqib ketişi yarim yil içida 64 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu orada Yevropa va Yaponiya aktivlariga umumiy kapital oqimi 158 mlrd dollarni taşkil qildi.

Bu holat 2014 yilda boşlangan edi, biroq bunday katta miqyoslarga hozirda erişdi.

Telekanalning ma'lum qilişiça, kapitalning çiqib ketişiga AQŞ aktivlari daromadliligining pasayişi va öz qayişqoqligini yöqotgan va qayta moliyalaş stavkasini oşirişni istamayotgani uçun tanqid qilinayotgan AQŞ Federal zaxira tizimining siyosati asosiy sabablardan biri bölmoqda.

Bunga parallel ravişda Yaponiya va Yevropa regulyatorlari öz iqtisodiyotlarini rivojlantirişga milliardlab pullar kiritmoqdalar va bu öz navbatida ularning investitsion jozibadorligini oşiradi. Şuningdek, Yevropa va Yaponiyaning jozibadorligiga uşbu mamlakatlarning eksportga yönalganligi ham qöşimça omil bölmoqda.