Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotlariga köra, Islom taraqqiyot banki (ITB) Özbekiston Respublikasi hukumatiga Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat xizmatini modernizatsiya qiliş uçun 17,4 mln dollar ajratdi.
ITB mablağlari mamlakatdagi mavjud 157 ta davlat sanitar-gigiyenik laboratoriyani modernizatsiya qiliş uçun zarur qurilmalarni sotib olişga yönaltiriladi.
2015 yil 26 iyunda qabul qilingan “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta'minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida ham aholining sanitariya-epidemiologik holatini yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar belgilangan edi.
Unda qayd etilganidek, ayni paytda Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarining zamonaviy uskunalar bilan ta'minlanişi 60-70 foizni, şifokor-kadrlar bilan ta'minlanişi esa 84,4 foizni taşkil etadi.
Bundan avvalroq esa Özbekiston hukumatining 2015 yil 31 iyuldagi qarori asosida Soğliqni saqlaş vazirligi rahbarligi ostida 2015-2016 yillarda respublikada xalqaro tibbiy-sanitar qoidalar joriy etilişi xabar qilingan edi. Xalqaro tibbiy-sanitar qoidalar xalqaro hamjamiyatga kasalliklarning global miqyosda tarqalişiga qarşi javob çoralarini köriş va ularni töxtatişida kömak körsatadi.






