2015 yil 6 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining «Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boşqa davlat taşkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka ötaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi buyruği imzolandi. Bu haqda «Xushnudbek.uz» sayti xabar yozgan.
Mazkur buyruq asosida tasdiqlangan Nizom davlat taşkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka ötaş tartibini belgilaydi.
Unga köra, endilikda yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinçi marta tayinlangan şaxs adliya organlarida stajirovka ötaydi.
Taşkilot rahbari yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinçi marta tayinlangan şaxsni stajirovkadan ötkazişni sörab u lavozimga tayinlagan kundan e'tiboran ön kun içida tegişli adliya organiga murojaat etişi lozim.
Adliya organi murojaat kelib tuşgandan söng uni körib çiqib, ikki oy içida stajirovka ötaşni taşkil qilişi va uni ötaş böyiça aniq muddatni körsatgan holda taşkilot rahbarini stajirovka boşlanişidan kamida bir hafta oldin yozma ravişda xabardor qilişi kerak.
Stajirovka ötaş muddati ikki haftani taşkil etadi.
Stajirovkani ötaşdan ozod qilişga yöl qöyilmaydi.
Stajyorga metodik yordam körsatiş hamda uning amaliy könikmalarini şakllantiriş uçun adliya organlarining malakali va tajribali mutaxassislari orasidan stajirovka rahbari tayinlanadi.
Stajirovka rahbari etib stajyorga yaqin qarindoş hisoblangan şaxslar tayinlanişiga yöl qöyilmaydi.
Stajirovka rahbari kamida ikki yillik iş stajiga ega bölişi kerak.
Stajirovka muddati tugaganidan keyin stajirovka rahbari tomonidan stajyorga nisbatan tavsifnoma tuziladi va unda stajyorning stajirovka ötaş rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni qançalik özlaştirganligi, tartib-intizomi, stajirovka davomida u tomonidan egallab olingan kasbiy bilim va amaliy könikmalar aks ettiriladi va stajyorni yuborgan taşkilotga jönatiladi.






