"Barselona" jamoasiga Yevropa Superkubogida ğalaba keltirgan gol muallifi bölgan qanot hujumçisi Pedro Rodriges özining jamoani tark etişni istamayotgani haqida gapirib ötdi.
Öyindan oldin jamoa sport direktori Robert Fernandes uning ketişni istayotgani haqida aytib ötgandi.
"Robert judayam ğalati bayonot berdi. Mening uning sözlariga qöşilmayman. U mening "Barselona"da ötkazgan davrlarim haqida heç narsa bilmaydi.
Men prezident va boşqa kişilar bilan gaplaşdim. Men hamişa jamoa bilan birgaman. Men haqimda bunday gap aytiş töğri emas.
Men gol urdim. Lekin bu gol jamoaniki. Yangi sovrin va yangi ğalabali lahzalar uçun juda xursandman", deydi Pedro.
As naşri jurnalisti undan jamoaning asosiy tarkibiga kira oliş imkoniyatlarini söraganida esa u quyidagiça javob berdi.
"Bu qiyin vaziyat. Öyinning ilk daqiqalaridan maydonda harakat qila olmasligimdan xafa bölaman. Lekin men bu vaziyatda özimni professionallardek tutişim kerak. Men bugungi öyinda ham Neymarning jarohati tufayli asosiy tarkibda tuşişim kerak edi, lekin murabbiy Rafinyani tanladi".
"Men jamoadan ketişni istamayman. Lekin vaziyat boşqa jihatlar tufayli oğirlaşmoqda. Gap pulda emas. Men jamoada öyin amaliyotiga ega bölmayapman. Lekin öynagim kelyapti. Ketiş yoki qolişimdan qat'i nazar, "Barselona" hamişa mening jamoam böladi", deydi 28 yoşli hujumçi.
Ma'lumot uçun, Pedroning xizmatlariga Angliyaning "MYu", "Mançester Siti" va "Çelsi" jamoalaridan qiziqiş mavjud.
Ötgan mavsumda Pedro "Barselona" safida 35ta öyinda asosan zaxiradan maydonga tuşib, 6ta gol va 6ta golli uzatma muallifiga aylangan.






