Qirğiziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeII)ning töla huquqli a'zosiga aylandi. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev e'lon qildi, deb yozadi RIA Novosti.
YeIIga a'zo böliş tantanali marosimi Qozoğiston va Qirğiziston davlat çegarasidagi “Ak-Jol avtoyöl” çegara nazorat ötkaziş punktida bölib ötdi. Marosimdan söng Qirğiziston va YeIKga a'zo davlatlar örtasidagi bojxona çeklovlari bekor qilindi.
Şuningdek, Qirğiziston hududida yagona bojxona tarifi va YeII taşqi iqtisodiy faoliyatining yagona nomenklaturasi kuçga kirdi. Bojxona kengaşining texnik reglamenti joriy etilgan mahsulotlarga örnatilgan yagona talab ham joriy etildi.
Rossiyada esa qirğizistonlik mehnat muhojirlari uçun milliy mehnat bozorini himoya qiliş va mamlakatda mehnat qilişga ruxsat beruvçi hujjatlarni oliş böyiça örnatilgan barça çeklovlarni bekor qildi. Qirğiziston fuqarolari Rossiya hududida mamlakatga kirgan vaqtidan bir oy muddat içida rasmiy röyxatdan ötiş majburiyatidan ozod qilindi, ta'limga oid qirğiz hujjatlari YeIKga a'zo barça mamlakatlarda tan olinadi.






