Rossiya Taşqi işlar vazirligida Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vaziri iştirokida bölib ötayotgan matbuot anjumani çoğida Sergey Lavrovning haqorotlovçi sözni qöllamagani ma'lum qilindi, deya xabar berdi «Govorit Moskva».
Bundan avvalroq esa ommaviy axborot vositalarida Lavrovning mikrofon orqali “esi pastlar” degan sözni aytib yuborgani töğrisidagi xabar paydo bölgan edi.
“Men mazkur matbuot anjumanida edim va bunday sözni eşitganim yöq. Men eşitmagan sözim uçun izoh bera olmayman”, singari sözlarni aytib ötgan TIV vakili Mariya Zaxarova.
Zaxarova sözlariga qaraganda, matbuot anjumanidagi barça jarayonlar stenogramma körinişida e'lon qilingan. Şuningdek, u Lavrov va Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr örtasidagi uçraşuv töliq ijobiy ruhda bölib ötgan.






