Rossiyada oydan oyga “yetib oliş” uçun bir kişiga zarur bölgan mablağning eng kam miqdori 22.7 ming rublni taşkil etadi. Mamlakat fuqarolari uşbu fikrni Umumrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan ötkazilgan sörovnoma vaqtida bildirişgan. Sörovnoma natijalari markaz saytida e'lon qilingan.
Turli aholi punktlarida yaşovçi aholi vakillaridan olingan sörovnoma natijasiga köra, 22,7 ming rubl — örtaça körsatkiç hisoblanadi. Bunda Moskva va Sankt-Peterburg şaharlari aholisi kamtarona hayot keçiriş uçun kişi boşiga 25 ming rubl zarurligini bildirgan bölsa, qişloq joylarda 17 ming rublga ham kun keçiriş imkoni borligi ta'kidlangan.
Sörovnoma qatnaşçilarining fikriça, kambağal deb oyiga 11 ming rubl atrofida davromad köruvçi oilalarni aytsa böladi. Jumladan, poytaxtdagi “beçora”lar 12,5 ming topuvçilar ekani aytilgan bölsa, qişloqlarda daromadi 10 ming bölganlarning kambağal ekani belgilab ötilgan.
Markaz ötkazgan sörovnomada iyul oyi avvalida 130ta aholi punktidagi 1600 kişi iştirok etdi. Statistik xatolik esa 3,5 foizni taşkil etadi.
Rossiyada 2015 yilda eng kam daromad miqdori 9662 rubl, Moskvada 14300 rubl sifatida belgilangan.






