Samarqandlik 30 yoşli Muhammad Yusufjonov 6 kişi aldab, ularning pullarini özlaştirgani uçun sud qilindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Yusufjon öz “ölja”larini turli bahonalar bilan laqillatgan. Ayrimlarga farzandlarini oliygohga kiritib qöyişni, boşqalarga maşina olib berişni va'da qilgan. Toşkentlik Maqsudjon Alyorovga esa Çilonzordan uy olib berişiga işontirib, uning 56 mln söm pulini olgan va qaytib u bilan körişmagan.
Aldanganlar töplanib, firibgarning ustidan arz qilişgaç, u qölga olinib, sudga topşirildi. Uning jabrlanuvçilarga yetkazgan zarari 56 mln söm va 18 400 dollarni taşkil qilgani aniqlandi.






