Ukraina iqtisodiy rivojlaniş vazirligining baholaşiça, Ukraina yalpi içki mahsuloti 2015 yilning birinçi yarmida 16,3 foizga tuşib ketdi, deb xabar bermoqda UNIAN naşri.
Bunday ma'lumotlar 2016-2019 yillar uçun Ukrainaning iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanişi prognozida keltirilgan.
Prognozga köra, mamlakatdagi işlab çiqariş pasayişi 20,5 foiz, qişloq xöjaligida ijtimoiy işlab çiqariş hajmi – 9,3 foiz, iste'molçilar narxi – 39,3 foiz, mahsulotlar eksporti hajmi – 35,4 foiz, real iş haqining pasayişi 23,9 foiz darajasida qayd etilgan.
Vazirlikning fikriça, mamlakat iqtisodiyotiga birinçi navbatda geosiyosiy mojaro, asosiy savdo hamkori Rossiya bilan xalqaro munosabatlarning murakkablaşişi, mamlakatda kömirning yöqligi, investitsiya xatarlarining ança oşişi va fuqarolarning salbiy qaraşlari salbiy ta'sir körsatmoqda.






