Xitoyning Icona avtomobilsozlik kompaniyasi 2013 yil ilk bor Şanxay avtosalonida namoyiş qilingan özining kiçik seriyali Vulcano superkarining yangi versiyasining rasmiy suratini namoyiş qildi. Maşina yangi modifikatsiyada karbon elementlarga ega titan kuzov bilan jihozlandi.

Titandan işlangan “Vulqon” 10 avgustda e'lon qilindi. Şu kuni çop etilgan suratlarda maşinaning böyalmagan namunasi namoyiş qilindi. Endi bir dona nusxada işlab çiqarilgan maşina qizil rangda körsatildi.
Avtomobilni yaratiş bilan Toyota, Maserati va Lancia kompaniyalari bilan hamkorlik qiluvçi Turindagi Cecomp kuzov atelesi şuğullandi. Kuzov elementlari titandan dastaki usulda tayyorlandi, ularni yaratiş uçun işçilar 1000 soat vaqt sarflaşdi. Yangi maşinaning oğirligi 1590 kg ni taşkil qildi.

Maşinaning 670 ot kuçiga ega dvigatelini Scuderia Ferrari’ning sobiq muhandisi Klaudio Lombardi yaratdi. Dvigatel Chevrolet Corvette ZR1 maşinasining 6,2-litrli 8 silindrli dvigateli asosida yasaldi. Mijozning istagiga köra dvigatelning quvvatini 1000 ot kuçiga yetkaziş mumkin. “Vulqon” 0 dan 100 km/soatgaça 2,8 soniyada erişadi, maksimal tezligi soatiga 354 km ni taşkil qiladi.

Superkar 16 avgustda AQŞning Pebbl-Biç şahrida ötadigan başanglik tanlovida omma ixtiyoriga namoyiş qilinadi. Şu tanlovda Icona kompaniyasi Vulcano’ning dizayni Lockheed SR-71 Blackbird razvedkaçi samolyoti uslubida bajarilgan takomillaştirilgan versiyasini ham namoyiş qiladi.






