2015 yilning birinçi yarmida Rossiyada Coca-Cola kompaniyasining mahsulotlari savdosi natural körinişda 1-3 foizga tuşib ketdi, deb aytilmoqda Coca-Cola’ning Rossiya va bir qator boşqa davlatlardagi eksklyuziv vakili hisoblangan Coca-Cola Hellenic Bottling Company (HBC)’ning hisobotida.

2015 yilning birinçi yarmida Coca-Cola brendi ostidagi içimliklarning savdosi 0,7 foizga tuşib ketdi. Pasayiş bozordagi beqaror vaziyat ortida sodir böldi, deyilmoqda hisobotda. Kompaniya strategik qarorlar, xususan may oyida yangi mahsulot – Coca-Cola Zeröni iste'molga çiqargani va turli reklama tadbirlari tufayli bundan köproq pasayişga yöl qöymadi.

Coca-Cola’ning bozorning şarbatlar segmentidagi savdosi sezilarli ösişni namoyon qildi, bu ösiş umumiy hisobda 18,5 foizni taşkil qildi. Ösişga asosan kompaniya tarkibida bir yildan beri bölgan “Moya semya” brendi sabab böldi. Bu brendning savdosi hisobga olinmaganda, kompaniyaning şarbatlar segmentidagi ösişi 9,8 foizni taşkil qildi.

Kompaniyada ta'kidlanişiça, şarbatlar segmentidagi yuqori körsatkiçlar gazlangan içimliklar savdosidagi pasayişni qoplay olmagan.

2014 yilda Coca-Cola HBC’ning savdosi 1 foizga ösgan edi.

2015 yilning dastlabki 6 oyida umumiy tuşum 1 foizga, ya'ni 3,15 mldr yevrogaça tuşib ketdi.