Andijon viloyati Oltinköl tumani hokimligi fuqaro Röziboy Ismonovga 13,4 million sömlik qarzni tölaşni paysalga solib kelmoqda.
“Darakçi” naşrida yozilişiça, Ismonov tumandagi 11-oşxona binosini sotib olib, uni ta'mirlatgan. Iş boşlaş arafasida şifoxonaga tuşib qolgan. Davolanib çiqquniça tuman hokimining buyruği bilan inşoot buzib taşlangan. Buning ustiga buzilgan bino uçun fuqaro R.Ismonovga 4,5 million sömlik mulk soliği ham hisoblangan.
Fuqarolik işlari böyiça Oltinköl tumanlararo sudi 2014 yilning 14 avgustida Ismonov foydasiga hokimlikdan 13,4 million söm undiriş haqida qaror çiqargan, ammo sud qarori hozirgaça ijro etilmagan.
Adliya vazirligi departamenti rahbari örinbosari T.Orziyev joriy yil 5 iyun kuni Oltinköl tumani hokimligining “Neksiya” rusumli maşinasi xatlangani, avtoulov sotilgaç, qarz undirilişini ma'lum qilgan.






