Wikileaks asosçisi Julian Assanjga qöyilgan tört ayblovning ikkitasi muddati nihoyasiga yetgani sababli olib taşlandi. Bu haqda Şvetsiya prokuraturasi saytida ma'lum qilindi.
“Julian Assanj suddan qoçib, Ekvadorning Londondagi elçixonasidan boşpana söradi. Ba'zi jinoyatlarda bölgani kabi, men ham unga qöyilgan ikki ayblovni bekor qilişimga töğri keldi. Afsus bilan ma'lum qilamanki, bizda şubha ostidagi şaxsni söroq qiliş imkoni bölmadi va mazkur iş böyiça tergov işlari amalga oşmay qoldi”, dedi prokuror Marianna Nyu.
Biroq Assanj 2020 yilga qadar holatni oğirlaştiriş xarakteriga ega zöravonlikka oid ayblovlardan biri sababli qidiruv ostida böladi.






