Emirates aviakompaniyasi 2016 yilda dunyodagi eng uzoq davom etuvçi qönişsiz reysni yölga qöymoqçi, deb xabar berdi BAAda çop etiluvçi The National naşri.

2016 yilning 1 fevralidan boşlab aviakompaniya samolyotlari Dubaydan Panamaga uça boşlaydi. Parvozning davomiyligi 17 soat 35 daqiqani taşkil qiladi. Reys Boeing 777-200 LR samolyotlarida amalga oşiriladi.

Emirates aviakompaniyasi ötgan yili dunyoda barça aviakompaniyalardan köra köproq keng fyuzelyajli samolyotlar sotib oldi. Kompaniya havo floti umumiy qiymati 5,2 mlrd dollarni taşkil qiluvçi 27 ta Airbus va Boeing samolyotlari bilan kengaydi. Joriy yil oxirigaça aviakompaniya yana törtta yönaliş böyiça: Maşhad (Eron), Orlando (AQŞ), Bamako (Mali) va Bolonyaga (Italiyaga) parvozlarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda.