Şveytsariyaning Swiss Barefoot Company kompaniyasi yuqori pişiqlikka ega paypoq yaratdi. Ta'kidlanişiça, u sport poyafzalining örnini egallaşi mumkin.
Free Your Feet nomli mahsulot taşqi körinişdan barmoqlar ajratilgan yungli paypoqqa öxşaydi, ammo pişiqligi jihatdan odatiy xom aşyodan tayyorlangan köplab poyafzallardan ustun turadi.
Loyiha mualliflari FYF’ni universal sport poyafzali sifatida körmoqda, çunki u yugurişga ham, vindsyorfingga ham, toğlarga çiqişga ham töğri keladi.
FYF 46.5 foizga Dyneema materialidan iboratdir. Tadqiqotçilar uni dunyodagi eng mustahkam material deb hisoblamoqda.
Dyneema UHMWPE tolasining savdo belgisi bölib, bronejilet va transport zirhi uçun qöllanadigan yuqori ziçlikdagi polietilendan tayyorlanadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, xom aşyo pölatdan 15 barobar mustahkamroqdir.
Ammo bu yangi mahsulotning yagona yutuği emas. Uning yengilligi tufayli odam özini oyoqyalang yurganday his qiladi, bundan taşqari, paypoq mutlaqo suv ötkazmaydi. Kickstarter saytidagi aksiyaning yakunlanişiga 3 hafta qolganida loyiha kutilganidan 9 barobar köproq pul töpladi. Ayni paytda FYF hisobida 100 ming dollar bor. Bir juft paypoqning narxi 80 dollarni taşkil qiladi. Mahsulot yil oxiridan yetkazila boşlanadi.






