Maldiv orollariga u yerdan topilgan predmetlarni örganiş uçun yuborilgan bir guruh malayziyalik ekspertlar uşbu topilmalarning Malaysia Airlines kompaniyasining ötgan yili ğoyib bölgan Boeing samolyotiga aloqador emasligi haqida xulosa çiqarişdi. Bu haqda Malayziya transpor vaziri Liou Tiong Lay ma'lum qildi.

“Ularning MN370 reysiga aloqasi yöq, bu hatto aviatsion material ham emas”, – uning sözlarini keltiradi mahalliy The Star naşri.
Ilgariroq Malayziya rasmiylari va Avstraliya qidiruvçilar muvofiqlaştiriş markazi 29 iyul kuni Hind okeanidagi Reyunon orolidan topilgan qanot bölagining aynan qidirilayotgan havo kemasiga tegişli ekanligini tasdiqlaşgan edi.
Boeing-777 2014 yilning 8 martida Kuala-Lumpurdan Pekinga ketayotganida kutilmaganda radarlardan ğoyib böldi. Uning bortida 239 kişi bor edi.