Rossiya markaziy bankida iyul oyida asosiy foiz stavkasi 50 bazaviy punktga kamaytirilganidan söng rublning qadrsizlanişiga sabab böluvçi inflyatsion xavflar tufayli pul-kredit siyosatini yumşatiş uçun kam imkoniyatlar qolmoqda.
Moody’s Investors Service mutaxassislari hisobiça, sönggi oylarda Rossiya iqtisodining asosini taşkil etuvçi neft narxi qaytadan pasaya boşlangani rublning qadrsizlanişiga olib keladi va mamlakatda inqiroz kuçayib, 2016 yilda ham bu jarayon davom etadi.
Mazkur haftada e'lon qilingan Rossiya YaIM körsatkiçlarida II çorakda pasayiş sur'ati ötgan çorakka nisbatan ikki barobarga ortib, 2,2 foizdan 4,6 foizga yetgan. Ikki çorak yakuniga köra, Rossiya iqtisodidagi pasayiş mamlakat rasman inqiroz holatida ekanini körsatadi. Moody’s tahlilçilarining yozişiça, birinçi yarim yillikda inflyatsiyaning jadallaşuv fonidagi kompaniyalarga kapital qöyilmalarning kamayişi şaxsiy iste'mol hamda investitsiyalar katta xavf ostida qolganinidan dalolat beradi. Neft narxi pasayişda davom etsa, rubl narxi yana 20 foizga tuşib ketiş ehtimoli mavjud va bu holat inflyatsiyaning yangidan çaqnaşiga olib keladi. Natijada daromadlar yanada kamayib, investitsiyalarning qulaşi kuçayadi, inqiroz çuqurlaşadi.
Moody’sning qayd etişiça, Qrimning Rossiyaga qöşib olinişi tufayli joriy etilgan sanksiyalar ham mamlakat iqtisodiga katta tahdid solmoqda. Ular Rossiya bank va kompaniyalarining xalqaro kapitalga bölgan yölini bekitmoqda. Xalqaro valyuta jamğarmasi hisob-kitoblariga köra, Rossiya tomonidan import mahsulotlariga çeklovlar kiritiş körinişida qöllanilayotgan javob çoralari ham ötgan yili mamlakat real YaIM körsatkiçining 1-1,5 foizga kamayişiga olib keldi va bu holat 2020 yilga qadar saqlanib qoladi.






