Beş nafar qurollangan jinoyatçi Meksika janubi-şarqidagi Verakrus ştati, Orisaba şahrida joylaşgan barlardan biri mijozlariga xujum uyuştirgan. Mahalliy hukumatning ma'lum qilişiça, xujum natijasida olti kişi, şu jumladan, bir stol atrofida ötirgan "Los-Setas" narkokartelining taniqli vakili Xose Markes Balderas va jurnalist Xuan Eriberto Santos Karrera halok bölgan.
Hodisa vaqtida barda yana ikki muxbir bölgan. Ularning boşiga şişa bilan urişgan, biroq bundan jurnalistlar qariyb jabr körişmagan, deb yozadi mahalliy ma'muriyatning "Universal" naşri. Yana bir gazeta – "Buen Tono"ning yozişiça, jinoyatçilar jurnalistlar emas, balki stol atrofida ötirgan sakkiz kişi uçun kelişgan. Ularning olti nafarini otib taşlagan, ikkisi tirik qolgan.
Politsiya savollariga javob bergan ikki jurnalist ayni paytda hukumat himoyasi ostiga olingan.
Jinoyatçilar ularni qölga oliş jarayonida ikki politsiyaçini jarohatlab, voqea joyidan yaşirinişgan. Ulardan birining ahvoli oğir ekani aytilmoqda.






