"Zenit"ning sobiq boş murabbiyi Luçano Spalletti «NTV-Plyus» kanalida ekspert sifatida işlaydi. Bu haqda telekanal şarhlovçisi Timur Juravel öz tvitterida ma'lum qilgan.
"U «NTV-Plyus» kanalini ziyorat qildi. U «Spartak» va TsSKA jamoalari öyini vaqtida studiyada turib, öyinni tahlil qiladi. Uning ismi Luçano", deb yozadi Timur Juravel.
Öz navbatida, murabbiyning agenti Marko Trabukki ham bu ma'lumotni tasdiqlagan.
"Hozirça, rus jamoalari transfer oynasi vaqtida sust. Eng katta transferni «NTV-Plyus» amalga oşirdi. Ularda endi yangi eksert bor", deb yozadi agent öz tvitterida.






