AQŞ Davlat departamenti Markaziy Afrika Respublikasida tinçlikparvar kontinget vakillari tomonidan jinsiy zöravonlikning amalga oşirilganidan qattiq noroziligini bildirdi.
“AQŞ MARda vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça BMT köp istxisosli kompleks missiyasi tinçlikparvar kuçlari vakillari tomonidan uşbu mamlakatda sodir etilgan işlardan taajjubda va qattiq noroziligini bildiradi”, – deyiladi departamentning rasmiy vakili Mark Toner öqib eşittirgan bayonotda.
Bundan taşqari, Toner BMT boş kotibi Pan Gi Munning bu borada körgan çora-tadbirlari, xususan, Xavfsizlik Kengaşining yopiq majlisini ötkazganini qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi. Boş kotib bunday jinoyatlarni xalqaro taşkilot organizmidagi “saraton ösimtasi” deb atadi. Çorşanba kuni u missiya rahbari Babakar Gayni iste'foga çiqardi, ammo jazo çoralari senegallik general bilangina çeklanib qolmasligini ta'kidladi.
Janjal avgust oyining boşida boşlandi. Öşanda huquq himoyaçilari BMT harbiylari tomonidan poytaxt Bangida 12 yaşar qizning zörlanganini ma'lum qilgan edi. Birozdan söng ular tomonidan Bangida ötkazilayotgan operatsiya çoğida 16 yoşli bola otasi bilan birga öldirildi. Uşbu operatsiyada Kamerun va Ruanda kontingenti iştirok etgan edi.
Bolalarga jinsiy zöravonlik qilişda Fransiya kontingenti ham ayblanmoqda.






