MotoGP sinfidagi poygalarda iştirok etuvçi Team LCR jamoasining avstraliyalik motopoygaçisi Jyek Miller musobaqalarda uç oy singan qöllari bilan iştirok etgani ma'lum böldi. Bu haqda SuperSport ma'lum qildi.

12 iyuldan 9 avgustgaça davom etgan yozgi ta'tillarda sportçi şifokor huzuriga taşrif buyurib, poygalarda marraga yaqinlaşganda kuçini yöqotişiga sabab bölgan bilagidagi oğriqlardan şikoyat qilgan. Olingan natijalar Millerni hayratga soldi. Ma'lum bölişiça, sportçining ikkala yelka suyaklari singan bölib, tekşiruv ötkazilgan paytda ular bitib ketişga ulgurgan.

“Men kuçimni yöqotardim, qöllarim oğrişni boşlardi va nima bölayotganini tuşunmasdim. Bu qanday yuz berganini bilmayman, biroq hozirda hammasi joyida”, deb aytdi 20 yoşli poygaçi.

Rentgen sportçining bilagidagi suyaklardan birida darz borligini aniqladi. Sportçi bu jarohatni mototsikldan yiqilgani oqibatida olgan, biroq u unga jiddiy muammolar tuğdirmagan.

Ma'lumot uçun, MotoGP poygasi şosse-halqa yöllari böyiça ötkaziladigan eng nufuzli motopoyga hisoblanadi. Bu poygada iştirok etadigan barça texnika erkin savdoda mavjud emas va ularni umumiy foydalaniş yöllarida işlatiş taqiqlangan.