Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mamlakatning Yaponiya istibdodidan ozod bölişiga 70 yil tölişi munosabati bilan fuqarolarga televideniye orqali murojaat qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Yaponiya hukumati özining samimiy xatti-harakatlari va tarixiga haqqoniy baho beriş yöli bilan qöşni davlatlar va jahon hamjamiyatining işonçini qozonişi kerak böladi”, – ta'kidladi Pak Kin Xe.
Şuningdek, u Şimoliy Koreyaga siyosiy çegaralar bilan ajratilgan oilalar muammosini hal qiliş, yagona soğliqni saqlaş tizimi va temir yöllarini kengaytirişda hamkorlikka çaqirdi.
Eslatib ötamiz, bugun har ikki Koreya Yaponiya kolonializmidan xalos bölganining 70 yilligini nişonlaydi. 1945 yilning 15 avgust kuni militaristik Yaponiya kapitulyatsiya e'lon qilişi bilan uning mustamlakalari ham mustaqillikka erişgan edi. Uşbu sana Koreyada har yili nişonlanadi.






