Yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rus geografik jamiyatining ekspeditsiyalaridan biriga borişi mumkinligi haqida axborot berilgan edi. Tahlilçilarning fikriça, prezident Qrim yarim oroliga uyuştirilajak ekspeditsiyada iştirok etişni rejalaştirmoqda.
Putin ilgari ham ekspeditsiyalarda iştirok etgan. Jumladan, 2013 yili u batiskafda Boltiq flotining “Oleg” nomli yelkanli-vintli fregati halokati yeriga şönğigan edi. Ikki yildan söng esa Taman körfazi tubiga şönğib, ikki qadimiy amforani olib çiqqan edi.
Ötgan yil noyabrida geografiya jamiyati s'yezdida mamlakat rahbari çiqiş qildi. Öşanda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident bundan keyin ekspeditsiyalarda şaxsan iştirok etmasligi, negaki “dunyodagi vaziyat ilmiy tadqiqotlarga vaqt qoldirmayotgani”ni ta'kidlagan edi.
“Ötgan yil davomida sayyoradagi vaziyat osonlaşmadi, ammo Vladimir Putin eski qiziqişlariga qaytmoqda”, – deydi jurnalist Tatyana Melikyan öz materialida.
Ayni paytda Qrim yarim orolida bir neçta ekspeditsiya işlamoqda. Jumladan, maxsus Qrim ekspeditsiyasi Ipak yöli marşrutini örganiş bilan şuğullanib kelmoqda. Şuningdek, örta asr şaharlari – Feodosiya va Sudak örganilmoqda.
Rus geografiya jamiyati Qrim bölinmasi rahbari Boris Vaxruşev, agarda prezident yarim orolga taşrif buyursa, unga bugungi kunning asosiy muammosi – Qrim tabiat qöriqxonalari va tabiatni muhofaza qiliş zonalari haqida gapirib berişni va'da qildi. Qöriqxonalar qarovsiz qolayotganidan taşvişlanayotgan olimlar ularni federal idoralarga böysundirişni öylamoqda. Ayrim qarovsiz qolgan qöriqxonalar hududida quriliş işlari olib borilayotgani ularning kelajagini şubha ostiga qöymoqda.
Mutaxassislarning fikriça, Putinning diqqatini Tavr Xersonesi milliy muzey-qöriqxonasi ham jalb qilişi mumkin. Ötgan yilning dekabrida Federal majlisga murojaati çoğida prezident “Qrim, qadimgi Korsun, Xersones Rossiya uçun ulkan madaniy va muqaddas ahamiyatga ega” ekanligini ta'kidlab, uni Quddusdagi Ibodatxona toğiga qiyoslagan edi.






