Ança yaşab qöyib ortingga, ötgan umr yölingga nazar taşlaganingda yöl qöyilgan ança-munça xatolarga nigohing tuşadi. Holbuki ulardan nari yurişing ham mumkin edi. Afsuski, ortga qaytib bölmaydi va hadeb özni aybdor, deb hisoblaş ham yaramaydi. Ammo kelajakda xatolarga yöl qöymaslik uçun keksalarning gapiga quloq soliş darkor, zero ular hayotning turli past-balandini bilişadi, şu bois ularda boy hayotiy tajriba bor.
1. Qayerda özingizni baxtli his etsangiz, öşa yerda işlang
Hafta davomida 40 soat vaqtingizni yoqimsiz işda, yoqimsiz odamlar bilan ötkaziş uçun hayot judayam qisqalik qiladi. Pul muhim narsa, ammo eng muhimi baxt. Özingizga yoqmagan odamlar bilan gaplaşiş, mantiqqa töğri kelmaydigan majlisvozliklar qilişdek insonga yuk böladigan heç bir narsa yöq. Sizga aynan qaysi işda işlaş yoqadi,bu haqda bir zum ötirib öylang va albatta, öşa işdan baxtingizni izlang. Işoning, bu çek-çegarasi yöq lazzatdir.
2. Maqsadingizni aniq qöying va uni amalga oşiriş yölida tinimsiz harakat qiling
Sizga aynan nima quvonç olib keladi, avvalo, şuni aniqlaştirib oling. Xulosa qiliş birmunça vaqtingizni olib qöyişi mumkin, ammo bu şunga arziydi. Sizga mutlaqo keraksiz bölgan narsalar ortidan yugurmang. Haqiqiy, sevimli hayotda yaşaş imkoni bölib turgan bir paytda, yolğon hayotda yaşaşning nima keragi bor?
3. Seving va şafqatli böling
Siz boşqalarga öxşab faqat va faqat baxtli yaşaş uçun dunyoga kelgansiz. Özingizni hadeb tergaş, eng yaramas odat. Bu kuçingizni olib qöyadi, tuşkun kayfiyat uyğotadi. Barça narsaning me'yori bor.
Qanday bölsangiz, özingizni ana şunday qabul qilişga odatlaning. Ana şunda erkin, ozod insonga aylanasiz. Bu sizga bitmas tuganmas kuç hadya etadi.
4. Bilib qöying, muhabbat abadiy emas
Buni eşitiş naqadar qayğuli, şunday emasmi? Nikoh va döstlik ayrolik bilan tugaşi mumkin, sevgi esa ğoyib bölib qöya qoladi. Şaxs sifatida muntazam ösib borasiz, ammo bir kuni özingiz sezmagan holda... sevib qolasiz. Biroq şuni unutmang, har bir munosabat odam hayotida öta muhim sanaladi, garçi u uzoq davom etmaydigan bölsa ham.
5. Ota-onangizning qadriga yeting
Hammamiz yaxşi bilamiz, heç kim abadiy yaşamaydi. Ammo ota-onamiz doim biz bilan qoladigandek bölib tuyulaveradi. Ota-onaningizga ularni yaxşi körişingiz va duolariga muhtoj ekanligingizni doimo aytib turing, işoning, qaçondir şunday paytlar keladiki, buni xohlasangiz ham ilojini topa olmaysiz. Bu vaqt ogohlantirmasdan keladi, şu bois bu işni ertaga qilaman, indin qilaman emas, hozirdanoq boşlang.
6. Bilingki tanangiz özgarib turadi
Içingdagi bir yaramas tovuş senga doim ota-onang mangu yaşaydi, tanang ham abadiy körkamligiça qoladi, deb ovoz berib turadi. Öylaysizki, sizdagi kuç-quvvat heç qaçon ğoyib bölmaydi deb. Bu, albatta, aqlga töğri kelmaydigan iş. Bir kun kelib közguga qarab, ğarib bir kimsaga közingiz tuşadi va öşanda hozirgi gaplarimizni yodga olasiz.
7. Omonatdor böling
Pul yiğişga yoşligizdanoq odatlaning. Bu işni qançalik erta boşlasangiz, şunçalik öylagan maqsadingizga erta yetasiz. Agar bunday iş qilmagan bölsangizu, pensiya bilan kifoyalanaman desangiz, unda öşa pensiya yoşingizda nima bilan maşğul bölişingizni hozirdanoq rejalab qöying.
8. Bir narsani tuşuning, hamma ham sizni seva olmaydi
Şu bois barçaga birdek yoqişning sira iloji yöq. Doim sizni butun vujudi bilan yomon köradiganlar topiladi. Bu sizdan köra köproq ularga salbiy ta'sir körsatadi. Şunday ekan, qimmatli vaqtingizdan bir daqiqani bölsada, ularni özgartirişga bağişlamang. Bu befoyda.
Undan köra, quvvatingiz va vaqtingizni sizni ardoqlaydigan insonlarga bağişlang.
9. Xohiş-istaklaringizning röyxatini tuzib çiqing
Istaklar röyxati bu — ölişingizdan oldin bajarişingiz kerak bölgan orzular ketma-ketligidir (vasiyatnoma bilan yangliştirmang).
Kundalik mayda-çuydalarga yaşaşingiz uçun halaqit berişiga yöl qöymang. Bu hayotdan nimani istaysiz, barçasini qoldirmay yozing. Röyxatingizdagi biror-bir orzu amalga oşsa uni közga taşlanadigan böyoq bilan belgilab qöying. Şunda siz unçalik ham baxtsiz emasligingizga guvoh bölasiz.
10. Özingizga özingizga savol bering: hayotimdan rozimanmi?
Hayotimiz gohida biz öylagandek, gohida esa mutlaqo boşqaçasiga ötayotgandek tuyuladi. Özingizdan muntazam, hayotingizdan rozimisiz yoki yöq, sörab turing. Bu dunyodagi hayotingiz bir marta beriladi, şu bois uni INSONga öxşab yaşab öting.
Manba: Xabardor.uz






