Indoneziya milliy qidiruv va qutqaruv agentligi (BASARNAS) Papua viloyatida bortida 54 kişi bölgan samolyotning qulagani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq Indoneziyaning Trigana Air Service aviakompaniyasiga tegişli ATR yölovçi samolyoti Papua viloyatidagi toğlarda halokatga uçragani xabar qilingan edi. Viloyat markazi Jayapuradan Oksibil şahri aeroportiga reysni amalga oşirayotgan samolyot bortida 49 yölovçi va 5 kişilik ekipaj bölgan. Aviakompaniya xodimining RIA Novosti muxbiriga xabar qilişiça, samolyot bortida bölgan barça yölovçilar halok bölgan.

“Biz uning halokatini tasdiqlay olmaymiz. Biz faqatgina samolyot bilan aloqani yöqotganimizni ayta olamiz”, – ta'kidladi BASARNAS rahbari Bambang Soyelistio.