Rossiya va Xitoy yagona jabhadan turib internetning ğarbça konsepsiyasini şubha ostiga qöymoqda. Bu haqda AQŞning Stratfor razvedka va tahlil kompaniyasi bayonot berdi.
Foydalanuvçilar nuqtai nazaridan internet dunyosi çegaralarga boğlanmagan, ammo tarmoq infrastrukturasi geografiya bilan uzviy boğliqdir. Geosiyosat tabiiy ravişda internet tomonlariga ta'sir ötkazadi.
Internet arxitekturasi va uni nazorat qiliş usullari AQŞda şakllanganiga qaramay, internet rivojlanişining yagona yönalişini belgilab beruvçi organ mavjud emas. Tarmoqning bugungi konstruksiyasida Ğarb texnologiyalari va kompaniyalari ustunlik qilmoqda, AQŞ hukumati esa tarmoq manzillarini boşqariş singari bir qator muhim funksiyalarga ta'sir ötkazişda davom etmoqda.
Şu bois Rossiya va Xitoy tarmoq xavfsizligi masalasiga jiddiy e'tibo qaratmoqda. ŞHT va BRIKS doirasida uşbu davlatlar AQŞning nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki virtual hukmronligiga qarşi harakat qilmoqda.
1 sentabrdan Rossiyada rossiyaliklarning mamlakat taşqarisida joylaşgan serverlaridagi ma'lumotlar bazalari lokalizatsiyasi haqidagi qonun kuçga kiradi. Bu Google, Facebook, Twitter singari kompaniyalarni Rossiya hududida axborotni qayta işlaş markazlarini barpo etişga undaydi. Xitoy esa bu borada yanada qattiqroq yöl tutib, öz muqobil dasturlarini ilgari surmoqda.
Snouden va Assanjlar amalga oşirgan işlardan söng Rossiya bilan Xitoy taklif qilinayotgan yöl Ğarb davlatlariga ham ma'qul kelmoqda, deb hisoblaydi mutaxassislar. Bu axborotni boşqariş va nazorat qiliş işini bir qadar osonlaştiradi.