“Taxtlar öyini” seriali Angliya va Uels aholisini yangi bolalar ismlarini öylab topişga ilhomlantirmoqda, deya xabar beradi The Independent naşri. Gazetada qayd etilişiça, mazkur teleşou ota-onalar ongiga ta'sir etişda davom etmoqda.
Milliy statistika boşqarmasi (ONS) ma'lumotlariga köra, 2014 yilda 18 nafar angliyalik va uelslik bolaga Teon, 17 nafariga Trion, 14 nafariga Bran va 4 nafariga Sandor ismlari qöyilgan. Yangi dunyoga kelgan 53 qizaloq esa Kxalisi, 10 nafari Deyyeneris, oltisi Sansa, tört nafari Briyenna ismi bilan çaqirila boşlagan.
Bundan taşqari, rasmiy statistik ma'lumotlar “Sovuq yurak” multfilmi qahramonlari Elza va Anna ham ota-onalar orasida ommalaşganini körsatdi. Birinçi marta Kristoff ismi uç öğil bolaga qöyilgan bölsa, 52 marotaba Olaf ismiga murojaat qilingan.
Pop musiqa ham yangidan-yangi ismlarning ommalaşuviga sabab bölmoqda. Jumladan, qöşiqçi Rita Oraning köplab muxlislari öz farzandlarini Rita deb çaqirişga qaror qilgan. One Direction guruhi a'zolarining Garri va Luis ismlari ham keng ommalaşmoqda.
Milliy statistika boşqarmasining qayd etişiça, bolalar ismlariga “Kardaşyan oilasi” tok şousi va “Daunton abbatligi” seriallari ham katta ta'sir qilmoqda.






