Neft narxining tuşib ketişi hamda Ğarb davlatlarining iqtisodiy va siyosiy çeklovlari Rossiya hukumatini iqtisodiyotdagi taqçillikni turli usullar bilan yopiş yöllarini qidirişga majbur qilmoqda. Bloomberg agentligining yozişiça, bu safar taqçillikni bartaraf qiliş uçun nodavlat pensiya jamğarmasidagi 26 mlrd dollar mablağdan foydalaniladi.
Iqtisodiy rivojlaniş vaziri örinbosari Nikolay Podguzov va moliya vaziri örinbosari Aleksey Moiseyevlarning sözlariga iqtibos keltirilgan holda ma'lum qilinişiça, uşbu mablağdan 2015 yilning ikkinçi çoragidan foydalanila boşlandi. Ularning vositasida korporativ obligatsiyalarning uçdan bir qismi çiqarildi.
Podguzovning ta'kidlaşiça, pensiya jamğarmasi mablağlarini uşbu jarayonga jalb qiliş osonroqdir, negaki bu qarz omonatdorni ortiqça byurokratiyadan qutqaradi.