Kanadalik yoş suzuvçi qiz Bruklin Dausrayt 4 soat içida Nortamberlend böğozidan suzib ötdi. Böğoz Şahzoda Eduard oroli viloyatini kontinental Kanada bilan birlaştirib turadi. Bu iş amalga oşirilgan paytda Dausrayt 12 yoşga tölgan va bu, mahalliy jurnalistlarning fikriça, yangi rekord sifatida Ginness kitobiga kiritilişi kerak.

Yoş sportçi Nyu-Braunsuik viloyati qirğoqlaridan boşlab, 15 km masofani suzib ötdi. Şu tariqa, rivervyulik qizaloq Nortamberlendni suzib ötgan eng yoş insonga aylandi. 2014 yili bu işni 14 yoşli Kali Bryus amalga oşirgan edi.

“Buni amalga oşirganimdan xursandman. Bunday işni 12 yoşimda qila olganim yanada zavqli”, – dedi qiz jurnalistlar bilan muloqot çoğida.