Windows operatsion tizimida mavjud bölgan “Kosinka”, “Svobodnaya yaçeyka” (“Böş katak”) va “Sapyor” öyinlari qançalik qiziqarli bölmasin, ular aslida köngiloçiş uçun yaratilmagan, deb yozmoqda Mental Floss jurnali.

“Kosinka” öyini Windows’ning 3.0 versiyasida 1990 yilda paydo bölgan, deb yozmoqda naşr. “Kosinka” pasyansning bir turi bölib, u 18-asrning oxiridan beri ma'lum bölgan. Uşbu öyinning Microsoft yaratgan raqamli versiyasi kelajakda bu öyinni öynaş uçun stol yoki qarta kerakmasligini körsatdi, biroq uni işlab çiquvçilar aslida boşqa maqsadni közlaşgan.

“Öyindan asl maqsad foydalanuvçilarga kompyuter siçqonçasini boşqarişni örgatiş bölgan”, deb ta'kidlamoqda naşr.

“Sapyor” öyini ham texnologiyalarni işlatiş madaniyatida muhim iz qoldirdi, deb yozmoqda naşr. “Minalaştirilgan” kataklarni kataklar ortida yaşiringan raqamlar ustida mantiqiy operatsiyalar bajariş orqali oçişga asoslangan şunga öxşaş “Kub” boşqotirmasi 20-asrning 70-yillarida ommalaşib ketdi va 20 yillardan keyin uning raqamli versiyasi – “Sapyor” öyini Windows 3.1 operatsion tizimida paydo böldi. Bu öyin kompyuter foydalanuvçilariga siçqonçaning çap va öng tugmalaridan aniq va tez foydalanişni örgatiş uçun yaratilgan.

1992 yilda Windows operatsion tizimining lokal tarmoqlar yaratiş imkoniyatiga ega bölgan ilk versiyasi – işçi guruhlar uçun Windows 3.1 operatsion tizimida paydo bölgan “Çervi” öyinida esa NetDDE texnologiyasi yordamida boşqa foydalanuvçilar bilan boğlanişning imkoni paydo böldi. “Çervi” öyini bu şunçaki qarta öyini emas, balki foydalanuvçilarni yangi tizimning tarmoq imkoniyatlariga qiziqtiriş va ularni hayratlantirişning usuli bölgan.

“Svobodnaya yaçeyka” öyini esa Windows 3.1 operatsion tizimida Microsoft Entertainment Pack Vol.2’ning bir qismi sifatida çiqqan va operatsion tizimning 16 bitli versiyasida 32 bitli dasturlarni işga tuşiriş uçun foydalanilgan Win32s paketi bilan birga ketgan. Agar paket notöğri örnatilgan bölsa, öyin işga tuşmagan. Bu esa uşbu öyin operatsion tizimning yaşiringan sinovi ham bölganini körsatadi.

Microsoft kompaniyasi bu öyinlarini Windows paketidan olib taşlaganda, foydalanuvçilar aqldan ozayozgudek bölganlar, çunki ularga bu öyinlar juda yoqar edi. Şuning uçun işlab çiquvçilar bu standart öyinlar öz vazifasini bajarib bölganiga qaramasdan ularni uzoq vaqt davomida, operatsion tizimning keyingi versiyalarida ham saqlab qolişgan. Windows’ning yaqinda çiqqan 10-versiyasida bu öyinlardan faqatgina “Kosinka” qolgan, deb yozmoqda naşr.