Toyota avtokonserni sanoat portida sodir bölgan portlaşlar sababli Xitoyning Tyantszindagi qöşma korxonasi işini uç kunga töxtatdi.
17-19 avgust kunlari zavod konveyrlari öçirib qöyiladi. Bunga mazkur hududni zudlik bilan evakuatsiya qiliş töğrisidagi qaror sabab böldi, deya xabar berdi Kiodo agentligi.

Biroq 20 avgustdan keyin işlarni qaytadan boşlaş rejasida haqida ma'lum qilinmagan.
Eslatib ötamiz, 12 avgust kuni Xitoy şimolidagi Tyantszin şahri portida joylaşgan xavfli kimyoviy moddalar omborxonasida kuçli portlaş va yonğin röy bergan edi. Sönggi ma'lumotlarga qaraganda, hodisa natijasida 114 kişi halok bölgan, 95 kişi hamon bedarak yöqolganlar röyxatida. Bedarak yöqolganlarning 85 nafari öt öçiruvçilardir. Ayni paytda şahar şifoxonalarida davolanayotgan 722 kişning 58 nafari oğir ahvolda.