Janubiy Afrika Republikasida marşrut mikroavtobus köprikdan temir yöl iziga tuşib ketib, harakatlanayotgan poyezd tomonidan urib yuborildi. Avtohalokat oqibatida 14 kişi halok böldi, deb ma'lum qildi BNO News telekanali.

Noxuş voqea Durban şahridan şimoli-şarqiy tomonda joylaşgan Kvazulu-Natal viloyatida sodir böldi. Telekanal ma'lumotlariga köra, yana 6 kişi jarohat olgan. Ulardan biri oğir ahvolda qolmoqda.

Voqea joyida şifokorlar va qutqaruvçilar iş olib bordilar.