Navoiy sudi yöltösarlik, öğrilik va qalloblikda ayblanayotgan Fozila ismli qizning işini körib çiqdi. Tergov davomida aniqlanişiça, qiz ayni paytda fohişalik ham qilib kelgan. Uning jinoiy qilmişlari “Na postu” gazetasida yoritib berildi.
Aniqlanişiça, Fozilaning onasi Husniya, eri bölişiga qaramay, fohişalik bilan şuğullanib kelgan. Unga mijozlarni qöşni ayol Maqsuda topib bergan.
Fozila ulğaygaç, endi onasi uning tanasini sotib pul topa boşlagan. Bundan taşqari, qiz köçadagi örtoqlari bilan birga yöltösarlik va öğrilik qilgan va buning uçun hatto bir marotaba sudlangan. U boyroq “mijoz”larning hamyonini ömara boşlagani bois onasi qizini uyidan haydab yuborgan.
Köçada Fozila Narimon ismli yigit bilan tanişib qolgan. Ular birgalikda “mijoz ovlaş” bilan şuğullanişgan: qiz özini köz-köz qilib, erkaklarni kerakli joyga eltgan, u yerda Narimon omadsiz “mijoz”larning pullarini tortib olgan.
Bu xatti-harakatlari uçun yana sudlangan Fozila bu safar homilador bölib qolgani bois amnistiya bilan ozod qilingan.
Ammo u tuğilgan bolasini noma'lum ayolga 300 ming sömga sotib yuborgan. Bundan taşqari, bolalar maydonçasiga borib, mitti qizaloqlarning böynidagi va quloqlaridagi tilla buyumlarni öğirlaş bilan şuğullana boşlagan. Qizlarning ota-onalari yozgan şikoyat arizalari körib çiqilib, jinoyatçi qiz qölga olingan.






