Farğona viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida özbekistonlik va singapurlik şifokorlar yuqori lab va qattiq tanglay, yuz-jağida tuğma nuqsoni bölgan bemor bolalarni tibbiy körikdan ötkazmoqda. Körik natijalariga köra, “oğir” deb topilgan bemorlar jarrohlik yöli bilan soğlomlaştiriladi.

“Soğlom avlod uçun” xalqaro xayriya fondi tomonidan bir qator xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyihalar bolalar salomatligini tiklaşda katta samara bermoqda. Jumladan, 2014 yilda viloyatdagi yuqori lab va qattiq tanglayida nuqsoni bölgan yuzdan ziyod bolaning salomatligi tiklandi.

Tadbir doirasida Andijon, Namangan va Farğona viloyatlaridan ikki yuzdan ziyod bola çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziladi. Yuqori lab va qattiq tanglayida nuqsoni bor bemor bolalar jarrohlik yöli bilan davolanadi.

"Özbekistonda birinçi marta bölişim. Aholi, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilişga qaratilayotgan e'tibor, tibbiy muassasalarda yaratilgan şaroitlarni körib, oçiği, havasim keldi. Özbekistonda soğliqni saqlaş sohasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, ona va bola salomatligini mustahkamlaş borasida qilinayotgan amaliy işlar xalqaro jamoatçilik tomonidan keng e'tirof etilib, örganilayotgani bejiz emas ekan. Ayni paytda dunyoning köplab hududlarida ekologik muammolar, turli kasalliklar, onalar va bolalar ölimi jiddiy xavotir uyğotmoqda. Özbekiston mustaqillikka erişgan dastlabki yillardanoq bu boradagi muammolarni bartaraf etişga ustuvor ahamiyat qaratib kelmoqda. Natijada Özbekiston aholi salomatligiga ğamxörlik körsatayotgan dunyodagi yetakçi mamlakatlardan biriga aylandi. Biz, Farğona viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida bölib, bu yerdagi şaroitlardan mamnun böldik. Uşbu şifoxona bolalar soğliğini tiklaş uçun zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta'minlangan", – deydi singapurlik jarroh Kay Jyen.