Özbekiston va Qirğiziston vakillari çegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça komissiya işini jonlantiriş masalasini muhokama qildi.
Qirğiziston hukumati matbuot xizmatining xabar qilişiça, bu masala haqida Qirğiziston boş vaziri örinbosari Abdurahmon Mamataliyevning Özbekistonning Bişkekdagi elçisi Komil Raşidov bilan uçraşuvi çoğida gapirildi.
Mamataliyev tez orada Bişkekda hukumatlararo komissiyaning yiğilişini ötkaziş zarurligini ta'kidladi.
“Savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanişi Qirğiziston va Özbekiston xalqlari örtasida birodarlik va barqaror munosabatlarning mustahkamlanişiga yordam beradi”, – dedi u.
Hukumatlararo qöşma komissiya 1996 yildan buyon işlab kelmoqda. Şu paytgaça uning 7 yiğilişi ötkazildi. Oxirgi yiğiliş 2009 yilning 28 dekabrida Toşkentda ötkazildi.






