Ukraina taşqi işlar vazirligi Moskvadan RF rahbariyati nima sababdan xalqaro huquq va Ukraina qonunçiligini buzayotganini tuşuntirib berişni talab qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
TIV Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qrim yarim oroliga taşrif buyurişiga qarşi noroziligini bildirib, bu boradagi notasini Rossiyaning taşqi siyosiy idorasiga yölladi.
“Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol butun madaniyatli dunyo uçun Ukrainaning bir qismi bölib qolmoqda... Rossiyaning birinçi darajali şaxslari tomonidan namoyişkorona tarzda xalqaro huquq va Ukraina qonunçiligining asosiy prinsiplari oçiq-oydin buzilayotgani noroziliklar keltirib çiqarmoqda. Şunga qaramay, Rossiya tomonining diqqatini yana bir marta Ukrainaning vaqtinçalik egallab olingan hududiga kirişda barça rasmiy qoidalarga rioya etiş zarurligiga qaratamiz”, – deyiladi bayonotda.
Eslatib ötamiz, 17 avgust kuni Putin Qrimga taşrif buyurib, turizm masalasiga bağişlangan majlisda iştirok etdi.
Qrim yarim orolini 2014 yilning mart oyida Rossiya öz hududiga qöşib olgan bölib, bu jahon hamjamiyatining keskin noroziligiga sabab bölib kelmoqda. Qrimning qöşib olinişi, şuningdek, Ukraina şarqidagi vaziyat AQŞ va YeI davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan iqtisodiy va siyosiy çeklovlarning amalga kiritilişiga sabab böldi.






