Dortmundning "Borussiya" jamoasining armanistonlik yarimhimoyaçisi Genrix Mxitaryan Turinning "Yuventus" jamoasiga ötişi mumkin.
Sky Italy naşrida yozilişiça, turinliklar boş murabbiyi Massimiliano Allegri rahbariyatdan uşbu futbolçini olib berişini söragan. "Yuventus" ayni vaqtda Armaniston terma jamoasi yetakçisini transfer qiliş uçun 20 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda.
26 yoşli futbolçining agenti Mino Rayola 19 avgust kuni "Yuventus" vakillari bilan uçraşişi aytilgan.
Ma'lumot uçun, Mxitaryan ötgan mavsumda "Borussiya" safida 28ta öyin ötkazib, 3ta gol urgan va 5ta golli pas muallifiga aylangan. U yangi mavsumning ilk turida esa "Borussiya M" darvozasiga 2ta gol urişga ulgurdi.






