Rossiya Premer-ligasining 5-turida Moskvaning “Spartak” klubining uy maydonida TsSKAga qarşi uçraşuvda klubning tibbiy xizmatiga yordam bergan styuardlar boşqa klub bilan işlamasliklari aytildi. Bu haqda “Spartak”ning tibbiyot departamenti rahbari Mixail Vartapetov ma'lum qildi. Bunday qarorga kelinişiga TsSKA klubining hujumçisi Ahmed Musaning “Spartak”ga kiritgan goliga styuardlarning xursand bölganlari sabab böldi. Uçraşuv 1:2 hisobida “armiyaçilar” foydasiga yakunlandi.
“TsSKAning goliga xursand bölgan xodimlar klubga heç qanday aloqasi yöq. Bu stadion tomonidan yiğilgan köngilli stayurdlardir. Men ularning Musaning goliga xursandçiliklarini körib hayratlandim, vaholanki öyin oldidan ular heç qanday his-tuyğularni namoyon qilmaslik böyiça yöriq oladilar. Bu odamlar boşqa tibbiy xizmat yordamçilari sifatida işlamaydi”, deb aytdi Vartapetov.






