Dengiz muhandislari Oxota dengizida aprel oyida çökib ketgan baliq ovlovçi “Dalniy Vostok” kemasini 250 metr çuqurlikdan topişdi. Bu haqda “Fertoing” kompaniyasi saytida ma'lum qilingan.

“Dalniy Vostok” “Kendrik” deb nomlangan maxsus vazifalarni bajaruvçi kema yordamida topildi. Mutaxassislar dastlab halokat joyida gidrografik tasvirga oliş işlarini olib boradi. Söngra kemani közdan keçiriş uçun teleboşqaruvli “Tayger” uskunasini suvga tuşiriladi. U çökib ketgan kema korpusi holatini foto va video tasvirga oladi.

Saytda qayd etilişiça, “Fertoing” kompaniyasi dengiz muhandislari “Dalniy Vostok”ning 3-D tasvirini oliş imkoniyatiga ega. Bu esa halokat sababini aniqlaşga yordam beradi.

“Dalniy Vostok”ni yuqoriga olib çiqiş rejada yöq. Uning bortiga halok bölgan dengizçilar ism-familiyasi yozilgan taxtaça örnatiladi xolos.

Ulkan “Dalniy Vostok” baliq ovlovçi avtonom kemasi 2015 yil 2 aprel kuni Oxota dengizida çökib ketgan edi. Kema bortidagi 57 jasad topilgan, 12 kişi bedarak yöqolgan deb topilib, ularning beş nafari rasman vafot etgan deya e'lon qilindi. 63 kişining hayoti saqlab qolindi. Tergovlarda hodisaga baliq ovlaş me'yorlarining buzilişi sabab qilib körsatilgan.