Buyuk Britaniyaning Daily Mail naşri Qora dengiz tubiga batiskafda şönğigan Vladimir Putinni Jyeyms Bond haqidagi filmlardagi yovuz qahramonga qiyosladi.
Naşr 15 yil avval Putin özining “noodatiy qilmişlari” bilan, jumladan sterxlar (oq laylak) bilan parvoz qiliş yoki yalanğoç gavda bilan ot ustida paydo böliş orqali nom taratganini eslatib ötdi. Naşr Putinning batiskafda şönğişi bu kolleksiyaning yana bitta “eksponatga” boyiganini anglatişini aytdi.
“Vladimir Putin özining yer osti makoniga “orqa eşik” qidirib ötirmadi”, deb yozdi naşr.
Batiskafning gumbazsimon oynasidan qarab turgan Putin maqola muallifiga Jyeyms Bond filmlaridagi yovuz qahramonni eslatib yubordi.
Naşrning ta'kidlaşiça, Putinning kameralar oldida bunday alfozda paydo bölişi uni “qörqmas yigit” qilib körsatiş va reytingini oşiriş uçun puxta öylangan.
Avvalroq Putin batiskafda Qrim sohillari yaqinida Qora dengiz tubiga şönğib, u yerda XI asrga tegişli kemalar qoldiqlarini kuzatib, u yerda kemalar qoldiqlari va köplab sonda amforalar topgani ma'lum qilingan edi.






