Indoneziya hukumati arxipelag hududlarida noqonuniy ov bilan şuğullangan çet elliklardan olib qöyilgan 34ta suv kemasini dengiz tubiga çöktirib yubordi, deya xabar berdi Jakarta Post naşri.

Tailand, Vetnam, Filippin va malayziyalik brakonerlarning böş kemalari Indoneziya mustaqilligining 70 yilligi munosabati bilan ğarq qilingan. Ularning 5tasi dinamit yordamida portlatib yuborilgan.

Dengiz masalalari vazirligi vakilining sözlariga köra, çöktirilgan kemalar baliqlar uçun sun'iy rif vazifasini bajaradi.