«Mançester Yunayted» jamoasi "Bavariya" hujumçisi Tomas Myullerni transfer qiliş böyiça harakatlarini davom ettirmoqda.
Inglizlar uşbu 25 yoşli futbolçi uçun taklif qilinayotgan mablağ miqdorini 85 mln yevrogaça kötarişdi.
Bundan oldin jamoa Myuller uçun 70 mln yevro taklif qilgandi va "Bavariya" bu taklifga rozi bölmagandi.
Biroz oldinroq, «Mançester Yunayted» Myuller uçun yiliga soliqlardan xoli 10 mln yevro tölaşga tayyorligi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uçun, Myuller ötgan mavsumda "Bavariya" safida 32 öyinda maydonga tuşib, 13ta gol urgan va 14ta golli pas uzatgan.
Yangi mavsumning ilk turida ham u "Gamburg" darvozasiga 2ta gol urişga ulgurdi.






