Bugun Özbekistonning har bir göşasida Mustaqillikning 24 yilligiga bağişlangan tadbirlar bölib ötmoqda. Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan ham respublikaning turli hududlarida, xususan, mehnat jamoalarida eng uluğ, eng aziz bayramga bağişlangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar dasturi ötkazilmoqda.

Xuddi şunday tadbirlardan biri Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasida bölib ötdi. “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – Özbekistonim!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda turli tarmoqlarda mehnat qilayotgan insonlar, yoşlar va kasaba uyuşma faollari iştirok etişdi.

Tadbirda Mustaqillik yillarida erişgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinç va osuda hayoti, jamiyatimizdagi özaro hurmat, mehr-oqibat va bağrikenglik ekanligi alohida ta'kidlandi. Tadbir doirasida turli soha xodimlari, ayniqsa, yoşlarga mustaqillik degan bebaho ne'matning qadr-qimmatini teran idrok etiş, keça kim edigu, bugun kim bölganimizni anglaş, mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohatlar, qisqa vaqt içida qölga kiritilgan ulkan yutuqlar ahamiyati yetkazildi.