Rossiya federal migratsiya xizmati mamlakat hududida çet elliklar vaqtinçalik yaşaş va işlaş uçun ruxsatnoma olişiga ball töplab erişişni taklif qilmoqda. Loyihaga köra, 100 balldan 66 ball töplagan muhojirlargagina Rossiya hududida qoliş huquqi berilişi kerak.
Qaror loyihasi matni huquqiy-me'yoriy hujjatlarni tayyorlaş haqidagi axborot portaliga muhokama uçun joylaştirildi.
“Loyihada kriteriylar, har bir körsatkiç böyiça töplanadigan ballar miqdori örnatiladi. Mamlakat hududida qoliş uçun imtihon qilinuvçi 100 balldan kamida 66 ball töplaşi kerak”, – deyiladi matnda.
Hujjatda örganib çiqiladigan 8 asosiy kriteriy körsatilgan. Bular sirasiga yoş, ta'lim, rus tilini biliş, mehnat staji, Rossiyada yaqin qarindoşlarning va uyning borligi şular jumlasidandir.
Bu kriteriylarga köra maksimal ballni rus tilini juda yaxşi biluvçi, ilmiy unvonga ega, Rossiyada ta'lim olgan, beş yildan ortiq işlagan, Rossiyada yaqin qarindoşlari bor 21-45 yoşdagi inson olişi mumkin.






